02 avg 07:35
Yangiliklar
Amanda Nunes SHevchenkoga chiroyli "otvet" qildi
Qirg'izistonlik chempion Amandaning Julianna Penyaga qarshi jangi haqida fikr bildirgandi.
"Aftidan Amanda mening "stoyka"da olib boradigan jang uslubimni to'laligicha ko'chirib olgan ko'rinadi. Ajoyib jang, xonimlar!", - deya Valentina o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar qoldirgandi.
"Bu juda ham kulguli. U nimadir deyishi kerak edi. Lekin Valentina oxirgi jangida yutqazdi. Ishonchim komil, agar Taila Valentinaning bosh bilan bergan zarbasi bo'lmaganida, u qiyin ahvolga tushib qolardi. Trilogiya? Yaxshi fikr. U ham chempion. Bu ajoyib jang bo'lardi", - deya javob yo'llagan braziliyalik ikki vazn chempioni.
O'z o'rnida UFC prezidenti Dana Uayt ham jurnalistlar bilan suhbatda SHevchenko - Nunes trilogiyasining tashkil etilishiga munosabat bildirdi: "Bu yomon g'oya emas. Agar rostan o'ylab ko'rilsa, bu yaxshi fikr! Bu gapim bilan ushbu jangni o'tkazamiz demoqchi emasman. Lekin yomon g'oya emasligini yana bir bor takrorlayman", - dedi Dana Uayt.
Fikrlar