23 fev 07:44
Yangiliklar
“Amirsoy” tog'-chang'i kurorti yana bir yirik musobaqaga mezbonlik qildi
Musobaqaga Bo'stonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” tog'-chang'i kurorti mezbonlik qildi.
Musobaqa Prezidentimizning 2020 yil 4 fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston chang'i sporti federaciyasi tomonidan tashkil etildi. Mamlakat chempionatida o'smirlar va yoshlar tog'-chang'isining gigant slalom va slalom yo'nalishlarida o'zaro raqobatlashdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi joylarda qishki sport turlari bo'yicha musobaqalarni tizimli yo'lga qo'yib, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish orqali terma jamoalar tarkibini sifatli shakllantirish uchun yuqori malakali sportchilar zaxirasi tayyorlashdan iborat.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi A.Aduhakimov ishtirok etdi.
Fikrlar