28 sen 10:44
Yangiliklar

Ana xolos! HBO telekanali endi boks janglarini namoyish etmaydi
Home Box Office rasmiylari 2019 yilda umuman boks janglari olib ko'rsatilmasligini o'z bayonotlarida aytishgan. So'nggi yillarda HBO telekanalida boks janglarining namoyishi keskin kamayib ketdi.
Telekanal efirga uzatgan so'nggi translyaciya Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o'rtasidagi revansh jangi bo'ladi. Norasmiy malumotlarga qaraganda, PPV paketlari, yani pulli translyaciya 1,1 million tomoshabinga sotilgan.
27 oktyabr kuni o'tkaziladigan ukrainalik Sergey Derevyanchenko hamda amerikalik Denni Jeykobs o'rtasidagi chempionlik jangi NVO telekanali namoyish etgan eng so'nggi boks bahsi sifatida tarixga kiradi.
Telekanalning bunday qarorga kelishiga katta ehtimol bilan raqobat tasir o'tkazdi. Joriy yilda ESPN telekanali okean ortidagi boks-bozoriga katta sarmoya kiritdi. Showtime telekanalida Premier Boxing Champions loyihasi ham o'z faoliyatini kengaytirmoqda. Qolaversa, sentyabr oyida AQSHda DAZN onlayn-platformasi ham ish boshladi. Bularning barchasi HBO telekanalidan byudjet tomonlama anchagina baquvvat.
Fikrlar