06 okt 18:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Ana xolos! UFC faoliyatini yakunlagan Xollandning navbatdagi jangini rasman elon qildi + POSTER
Amerika vakillari Stiven Tompson va Kevin Xolland o'rtasidagi jang UFC Orlando turnirining asosiy to'qnashuvi etib belgilandi.
Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar bermoqda. Turnir Toshkent vaqti bilan 4 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
"Qiziqarli jang ixlosmandlari sizlarga sovg'amiz bor. Stiven Tompson va Kevin Xolland UFC Orlando turnirining markaziy jangi bo'ladi", — deya xabar beradi UFC.
Qiziqarlisi shundaki, avvalroq Xolland faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.
Tompson so'nggi jangida hamyurti Belal Muhammadga ochkolar hisobida mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar