03 okt 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Andre Uord Kaneloni mag'lub eta oladigan jangchi nomini aytdi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni, hozirda sharhlovchi bo'lib faoliyat yuritayotgan Andre Uord pound-for-pound reytingining sobiq etakchisi meksikalik Saul Alvaresning amerikalik Devid Benavides (26-0, 23) bilan jangdan qochayotganini aytdi.
"Promouterlar Kaneloni qandaydir yigitlar bilan jang qilishiga va ayrimlaridan uzoqroq turishiga qay yo'l bilan majburlashni bilishadi. Benavides bilan jang hozir bo'lmaydi. Sababi bu juda xavfli", — dedi Uord ESPNʼga bergan intervyusida.
Malumot uchun, 25 yoshli Devid Benavides supero'rta vaznda ikki karra jahon chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar