30 iyu 20:10
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Galle bosh sovrini uchun kortga chiqadi
Germaniyaning Galle shahrida o'tkazilayotgan maysa qoplamali ATP turnirida finalchilar aniqlandi.
Dunyoning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov musobaqaning yarim finalida ATP reytingida 23-pog'onada borayotgan ispaniyalik Roberto Bautista-Agutni 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Rossiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlarda oldinga chiqib oldi - 5:4. Rublyov 101 daqiqa davom etgan bahsda 12, Bautista-Agut esa 3 ta eys zarbani amalga oshirgan. Uning bosh sovrin uchun kechadigan final uchrashuvidagi raqibi qozog'istonlik Aleksandr Bublik bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar