27 iyu 14:25
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov uchta matchboldan chiqib ketdi
Germaniyaning Gamburg shahrida tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Andrey Rublyov ilk davrada qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 54-pog'onada borayotgan ispaniyalik Bernabe Sapata Miralesga qarshi uchrashuvda uchta matchboldan chiqib ketib, yakunda g'alabaga erishdi - 5/7, 6/1, 7/6(7).
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 5, Sapata Mirales 2 ta eys zarbani amalga oshirdi. Hal qiluvchi uchinchi setning tay-breykida Rublyov 0:3 hisobida ortda qolayotgandi. Endi u ikkinchi bosqichda germaniyalik Daniel Altmayerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar