06 okt 18:26
Yangiliklar

"Ankalaev endi o'ziga bir necha savolni berishi kerak" - UFC sobiq chempioni
"Magomed Ankalaev uyiga qaytib, o'ziga bir nechta savol berishi kerak. Agar u yana chempionlik jangi imkoniyatini olsa, nima qilishini aniqlab olishi lozim. U bu imkoniyatni yana oladi, chunki ko'plab jangchilar Ankalaevdek raqib bilan kurasha olmaydi. SHuning uchun u o'zgarishi kerak bo'lgan narsalarni tushunib olishi zarur. Menimcha, Pereyra bilan uchinchi jang bo'lsa, Aleks xuddi shunday uslubda jang qilgan bo'lardi.
Pereyraning Ankalaevga qarshi qilgan ishi haqiqatan ham katta taassurot qoldirdi. CHunki Magomed juda kuchli jangchi. Odatda, revanshda yoshroq sportchi g'alaba qiladi, degan gaplar bo'ladi. Lekin Pereyra bunday gap-so'zlarga etibor bermaydi. U — noyob jangchi, noyob inson", — dedi Korme Yahoo Sports orqali.
Fikrlar