27 sen 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Ankalaev o'zi uchun kim qiziqarli raqib bo'lishini aytdi: bu Proxazka yoki Rauntri emas
UFC chempioni Magomed Ankalaev qaysi jang uni ko'proq qiziqtirishi haqida gapirdi.
"Rostini aytsam, shu haftadagi Reyes – Ulberg jangini men uchun ancha qiziqarli. CHunki Proxazka ham, Rauntri ham allaqachon chempionlik uchun jang qilishgan. Bu esa yangi yigitlar. Ha, Reyes ham oldin titul uchun jang qilgan, lekin Ulberg menga qiziq. U jang men uchun barchasidan qiziqroq.
Ammo rostini aytsam, men uchun farqi yo'q. CHunki men amaldagi chempionman. Keyingisi kim bo'lmasin, kamarimni himoya qilishga tayyorman", — dedi Ankalaev.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar