07 okt 13:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Ankalaevning jamoasi jarohat sababli Pereyra bilan revanshdan voz kechishga chaqirgan (+VIDEO)
Malum bo'lishicha, UFC jangchisi Magomed Ankalaev UFC 320 turnirida Aleks Pereyraga qarshi revansh jangini jarohat bilan o'tkazgan.
Bu haqda braziliyalik insayder Leo Gimaraynsh malum qildi, u jangdan taxminan uch hafta oldingi tibbiy ko'rik videosini elon qildi.
Manba malumotlariga ko'ra, jamoa azolarining bazilari unga jarohatni - qovurg'a sinishi xususiyatini inobatga olgan holda jangdan voz kechishni tavsiya qilgan. Ammo Magomed og'riq va xavfga qaramasdan jang qilishni tanlagan.
Yakunda u 1-raunddayoq nokaut evaziga imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar