19 jan 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Anvar Boynazarov uch kundan so'ng jang o'tkazadi + FOTO
Bir oy avval MMAda debyut qilgan o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi o'zining ikkinchi jangini o'tkazadi.
O'zbek sport muxlislariga muaytay va kikboksing orqali tanilgan Boynazarov Toshkent vaqti bilan 23 yanvar kuni tong saharda AQSHning Mayami shahrida Raymon Peyjga qarshi jang o'tkazadi. Bu haqida uning o'zi Instagram sahifasida xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Florida shtatining Tallaxassi shahrida tashkil etilgan Combatnight turnirida amerikalik Genri Krappni birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar