12 dek 18:05
Yangiliklar
Futbol
APLning noyabrdagi eng yaxshi futbolchisi malum qilindi
Angliya Premer-ligasi noyabr oyida "Brentford"ning 24 yoshli braziliyalik hujumchisi Igor Tiagoni oyning eng yaxshi o'yinchisi deb topdi.
Noyabr oyida Tiago APLning 4 o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Braziliyalik futbolchi "Nyukasl" (3:1) va "Byornli" (3:1)ga qarshi o'yinlarda ikki marta gol urdi va "Brayton"ga (1-2) qarshi o'yinda ham to'p kiritdi.
Tiago 2024 yildan beri "Brentford" safida o'ynab kelmoqda. Hujumchi joriy mavsum klub safida 16 ta o'yinda qatnashib, raqiblar darvozasini 12 marta ishg'ol qildi.

Havola :
Manba : premierleague.com
Fikrlar