05 may 10:35
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko Madrid WTA 1000 finalida!
Ispaniyaning Madrid shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir yakuniy pallaga kirdi.
Sayyoramizning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko ilk finalchiga aylandi. Belaruslik tennis malikasi 86 daqiqa davom etgan 1/2 finalda reytingning 9-pog'onasida borayotgan greciyalik Mariya Sakkarini 6:4, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Sobolenko 4 ta eys, 3 ta qo'shxato va 10 tadan 4 ta breyk-poyntni amalga oshirdi. Sakkari esa 2 ta eys, 6 ta qo'shxato va 1 ta breyk-poynt qayd etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar