21 sen 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Arman Carukyan ko'cha jangi uchun o'z jamoasini tanladi
Jiu-jitsu turnirlarida ishtirok etib kelayotgan Arman Carukyan agar ko'cha jangida qatnashishga to'g'ri kelsa, qaysi uch aralash yakkakurash ustasini o'z jamoasiga taklif qilishi haqidagi savolga javob berdi.
Rossiyalikning so'zlariga ko'ra, vatandoshlari u bilan yonma-yon jang qilganida o'zini yanada ishonchli his qilgan bo'lardi.
"Men jamoamga birinchi galda Xamzat CHimaevni olgan bo'lardim. Ikkinchi tanlovim Xabib Nurmagomedov, uchinchisi esa Islam Maxachev bo'lardi", - dedi Carukyan.
Engil vazn toifasi vakili hisoblangan Armanning oktagonga qaytishi 22 noyabrga belgilangan. Qatardagi UFC turnirida u yangi zelandiyalik Den Xukerga qarshi jang o'tkazadi. Hozircha ushbu jang rasman elon qilinmagan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar