16 iyu 14:14
Yangiliklar
Arman Carukyan Los-Anjeles Olimpiadasida qatnashishi mumkinligini aytdi
— Arman, hozir sen nafaqat MMA, balki kurash olamining ham eng mashhur shaxslaridan birisan.
— Rahmat, ehtimol kurash paytidagi janjallarim tufaylidir (kuladi). Har bir bellashuv meni ruhlantiradi, motivaciya beradi. Sekin-asta o'zim ham kurashchiga aylanyapman (kuladi). SHuning uchun bir yildan keyin haqiqiy kurashchilar bilan bellashishni boshlayman.
— Arsen Arutyunyan sen 2028 yilgi Olimpiadada qatnashishni rejalashtirayotganingni aytdi...
— Buni nima uchun aytgan ekan? (kuladi). Balki qatnasharman. Avval UFC'dagi barcha ishlarimni yakunlashim kerak. Keyin Armaniston yoki Rossiya chempionatini yuta olsam, qaysi davlat nomidan Olimpiadaga saralanish imkoniyati bo'lishini ko'raman", — dedi Carukyan jurnalist Vyacheslav Abdusalamovga bergan intervyusida.
Fikrlar