So’nggi yangiliklar

19:03"Шон ютишига умид қиламан". Алекс Перейра Стриклендга маслаҳат берди 0 18:42Конкур бўйича халқаро турнир якунланди 0 18:21"Реал" Гарсияни 60 миллион евро эвазига қўйиб юборишга тайёр 0 18:00Энг кучли қиличбозларимиз Тошкентда жам бўлишди 0 17:39UFC рейтинги янгиланди. Учта вазндаги ўзгаришлар бир саҳифада 0 17:18Istanbul Open. Тимофееванинг ҳам юриши бошланди 0 16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0

21 sen 09:11
Yangiliklar

Boks/MMA

Arman Carukyan Moskvada navbatdagi jangini o'tkazdi

Asli kelib chiqishi armanistonlik aralash yakkakurash ustasi Arman Carukyan ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi.

Moskva shahrida tashkil etilgan Braziliya jiu-jitsusi bo'yicha ACBJJ 18 turnirida Arman sobiq WEC va UFC chempioni Benson Xendersonga qarshi bahs olib bordi. Birinchi daqiqaning o'zidayoq u amerikalik raqibini parter holatiga tushirdi va oz emas, ko'p emas, 7 daqiqa davomida jangni muddatidan avval yakunlashga harakat qildi. Carukyan bu vaqt oralig'ida 20 dan ortiq usulni bajardi. Xenderson yaxshi himoyalandi va sakkizinchi daqiqada o'rnidan turishga ham muvaffaq bo'ldi. Lekin bellashuv yakunlanishiga 62 soniya qolgan bir paytda Arman qo'lda uchburchak bo'g'ish usuli bilan Bensonni taslim etdi. 

SHu tariqa, Arman Carukyan shu yilning o'zida gilamdagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Bungacha u grepplingda hamyurti Makkasharip Zaynukovni ochkolar, braziliyalik Patriki Freyreni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Jang yakunlanishi bilan rossiyalikning ACBJJ ligasidagi navbatdagi raqibi elon qilindi. Arman yana bir rossiyalik aralash yakkukurash ustasi Mayrbek Taysumovga qarshi gilamga chiqadi. Carukyanning UFC oktagoniga qaytishi 22 noyabr kuni Qatarda o'tkaziladigan UFC turniriga to'g'ri kelmoqda. Arman oqshomning asosiy jangida Yangi Zelandiya vakili Den Xukerga qarshi oktagonga chiqadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing