So’nggi yangiliklar

08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0

28 iyu 16:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Arman Carukyan to'rt kundan keyin o'z yurtida jang qiladi + POSTER

Asli armanistonlik UFC jangchisi Arman Carukyan 1 avgust kuni navbatdagi jangini o'tkazadi.

U Armaniston poytaxti Erevan shahrida bo'lib o'tadigan Hype ligasining navbatdagi turnirida asosiy jang ishtirokchisiga aylanadi. Uning raqibi hindistonlik fitnes-bloger Ankit Bayyanpuriya bo'ladi.

Tashkilot matbuot xizmati bo'lajak turnir va uning asosiy voqeasini rasman elon qildi. Unda armaniston va hindistonlik sportchilar "submission only" (faqat bo'g'ish va og'ritish usullari) formatida greppling bo'yicha bellashadilar.

Ankit Bayyanpuriya Hindistondagi eng mashhur fitnes-blogerlardan biri bo'lib, ijtimoiy tarmoqlar va YouTube'da millionlab obunachilarga ega. Uning obrazi intizom, qishloq hayoti va tabiiy mashg'ulotlar atrofida qurilgan. U ko'chada mashq qilish, shinalar va arqonlar bilan ishlash, o'z vazni bilan ishlash, shuningdek, ananaviy hind tayyorgarligi elementlaridan foydalanadi. Mashhurlikka erishgunga qadar Ankit ananaviy hind kurashi bilan shug'ullangan, elkasidagi jarohat sport faoliyatiga to'sqinlik qilganidan so'ng esa kurer bo'lib ishlagan.

Arman Carukyan esa UFC engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. U o'zining navbatdagi jangini 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirida braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazadi. CHarlz ushbu jangda BMF kamarini himoya qiladi. Avvalroq Arman ikki marta Hype ligasi turnirlariga boshchilik qilgan: dekabr oyida Erevanda SHarabutdin Magomedov bilan durang qayd etgan, mart oyida esa Rio-de-Janeyrodagi tadbirda Muhammad Mokaevni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing