So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0

08 okt 18:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Artur Grigoryanga ilk mag'lubiyatni taqdim etgan bokschi 50 yoshida faoliyatini yakunladi

Bundan 21 yil avval AQSHning Konnektitut shtatida o'tgan boks oqshomida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan braziliyalik Aselino Freystas hamda afsonaviy hamyurtimiz Artur Grigoryan o'zaro to'qnash kelishgandi.

O'sha jangda charm qo'lqop ustamiz engil vazn toifasida o'ziga tegishli WBO chempionlik kamarini 18-marotaba himoya qilish uchun ringga ko'tarilgandi. Ungacha Arturning deyarli barcha janglari Germaniyada o'tkazilgan edi. 

Afsuski, ilk bor AQSHda jang qilgan Grigoryan o'n ikki raund to'liq davom etgan chempionlik jangida yosh Aselino Freytasga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Braziliyalik bokschi hakamlarning yakdil qarori bilan 115:108, 116:107, 116:107 hisobida g'alaba qozonib, Grigoryandan WBO chempionlik kamarini tortib olgandi.  

Ikki vaznda sobiq jahon chempioni Aselino Freytas 50 yoshida faoliyatini yakunlaganini elon qildi. U hatto ko'rgazmali janglar uchun ham ringga qaytmasligini aytmoqda. 

Freytas boksdan ketish sabablaridan biri sifatida yaqinda Vanderley Silva bilan bo'lib o'tgan jangdagi janjalni keltirgan. Jang yakunida ringda har ikki bokschi jamoalari o'rtasida janjal kelib chiqqandi. "Bu men uchun qanchalik sharmandalik bo'lganini tasavvur ham qilolmaysiz. Ringda boshdan kechirganlarimning barchasidan o'tish, boshqa jangchini almashtirish - bu pul uchun emas, menga pul kerak emas, shunchaki tadbir barbod bo'lmasligi uchun. Silvaning murabbiyi ringga chiqib, meni qattiq urganida, bu xo'rlikni boshdan kechirish. Men uchun bu jangchi sifatida boshimdan kechirgan eng yomon xo'rliklardan biri edi. Bugun bu erda turib, butun Braziliyaga murojaat qilishimning sabablaridan biri ham aynan shu voqeylikdik", - dedi Freytas promouter sifatida ishtirok etayotgan boks oqshomiga bag'ishlangan matbuot anjumanida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing