So’nggi yangiliklar

13:59UFC 303 турнири иштирокчиларининг тахминий гонорарлари қанча бўлгани маълум қилинди 0 13:37Маҳмуд Мурадовнинг сўнгги рақиби бўлмай қолган Мишель Перейра "Сфера"да жанг қилади 0 13:16Ўзбекистон кубоги. Бугун воҳа дербиси бўлиб ўтади 0 12:55Ўзбекистоннинг "Tashkent City Womens Professional Cycling Team" жамоаси илк бор нуфузли "Giro d'Italia" пойгасида иштирок этади + ФОТО 0 12:32Шахматчимиз Билолиддин Обидов Батумида жаҳон чемпионлигига эришди 0 12:11Новак Жоковичнинг "Уимблдон"даги юриши бошланди 0 11:50Копа Америка. 1/4 финал жуфтликлари маълум, бу босқичда дахшатли ўйин бор! 0 11:29"Осиё болалари" комплекс мусобақасидаги медалларимиз сони 63 тага етди + ЖАДВАЛ 0 11:08Нодирбек Абдусатторов Руминия турнири 6-турида Гири билан ўйнади + ФОТО 0 10:47Алекс Перейра P4P рейтингида Жон Жонсни ортда қолдирди 0 10:26Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "Man of the match" соҳибига айланди? 0 10:05Дзюдочиларимиз "Осиё болалари" мусобақасида 15 та медаль қўлга киритишди, 6 таси олтин! 0 09:44Дунёнинг биринчи ракеткаси "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 09:23Шоҳжаҳон Эргашев ҳазиломуз пост қўйди + ФОТО 0 09:02Copa America. Бразилия қийинчилик билан чорак финалга йўл олди 0

18 sen 21:00
Yangiliklar

Taekvondo, Boshqalar, Tadbirlar

Ashxobod-2017. O'zbekistonlik sportchilarning ikkinchi kungi ishtiroklaridan onlayn yakunlandi

Bugun Ashxobod-2017 o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklaridan onlayn natijalarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


21:00. SHu tariqa bugun O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi bahslar yakunlandi. Kun yakunlariga ko'ra sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo'lga kiritdilar. Ertaga bizni 3x3 basketbol, belbog'li kurash, billiard, engil atletika, jui jitcu, muaytay, taekvondo, velosport, og'ir atletika bo'yicha bahslar kutib turibdi.


20:47. -63kg vazn toifasidagi kurashchimiz Dilafruz Mamajonova finalda mezbonlar vakili Gulnar Xaytbaevaga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi va yakunda kumush medal egasiga aylandi.


20:40. Futzalchilarimiz BAA ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozonishdi!


20:33. Afsuski, Sergey Dementevga medal uchun ozgina etmadi... Sportchimiz turnirni to'rtinchi o'rinda yakunladi.


20:30. Futzalchilarimiz ikkinchi bo'limda 5:1 hisobida g'alaba qozonmoqdalar!


19:28. Futzal. Terma jamoamiz BAA terma jamoasi bilan o'yin o'tkazmoqdalar.


19:00. Dementev hozircha uchinchi o'rinda ketmoqda.


18:50. Birozdan so'ng ananaviy kurash bahslarida Dilafruz Mamajonova final jangini o'tkazadi.


18:35. Dementev ikkinchi urinishdan so'ng 18,05 metrlik natija qayd etdi.


18:20. Sportchimiz Sergey Dementev yadro uloqtirish bahslaridagi ishtirokini boshladi.


18:17. Ko'pkurashchimiz Aleksandra Yurkevskaya 7 sportchi ichida "faxrli" beshinchi o'rinni egalladi va medallardan quruq qoldi.


18:05. Muaytaychimiz Alijon Isroilov turkmanistonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.


18:00. Nadiya Dusanova oltin medal sohibi. Sadullaevada esa kumush!


17:40. Balandlikka sakrash bahslarida ikkala sportchimiz ham kuchli to'rtlikka kirib oldi. Ushbu yo'nalishda ikkita medal olish imkoniyatimiz bor.


17:16. Ayni daqiqalarda ikki nafar hamyurtimiz Safina Sadullaeva va Nadiya Dusanovalar balandlikka sakrash bahslarida medallar uchun kurash olib bormoqdalar. Ushbu yo'nalishda Dusanovadan oltin medal kutamiz!


17:10. Muaytay. -63kg vaznli sportchimiz Karimjon Karimov 28:29 hisobida filippinlik raqibiga yutqazib qo'ydi.

Muhammadjon Qo'chqorov esa Xitoy Taypeyi vakili YU Xi CHenni 30:27 hisobida mag'lub etdi.

Jahongir Yo'ldoshev ham ilk jangida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi. U Vetnam vakili Long Doan Nguenni 29:28 hisobida mag'lub etdi.

Birozdan so'ng Alijon Isroilov mezbonlar vakili Muhammadnur Melaevga qarshi ringga chiqadi.


16:50. Og'ir atletika. -48kg vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mahliyo Tog'aeva dast va siltab ko'tarish bahslari yakuniga ko'ra 166 kg natijani qayd etdi va medallar qo'lga kiritish imkoniyatini qo'ldan boy berdi.


16:42. Afsuski Xegay (-54kg) Eronlik raqibiga 7:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va final yo'llanmasidan quruq qoldi... Yana bir bronza!


16:33. Ayni pallalarda taekvondochimiz Valentin Xegay eronlik raqibiga qarshi jang o'tkazmoqda. O'rtaga final yo'llanmasi qo'yilgan... Sportchimizga omad tilaymiz!


16:20. Ananaviy kurash bo'yicha finallar kechki payt boshlanadi. Ushbu janglarda faqatgina -63kg vaznli kurashchimiz Dilafruz Mamajonova gilamga chiqadi. U oltin medalni qo'lga kiritish uchun mezbonlar sportchisi Gulnar Xayatbaevani mag'lubiyatga uchratishi lozim bo'ladi.


16:12. O'zbekiston delegaciyasi hisobidagi medallar soni 23 taga etdi. SHulardan 2 tasi oltin, 3 tasi kumush va 18 tasi bronza medallaridir.


15:50. Taekvondochimiz Valentin Xegay taylandlik Purim Purintarapibanni 22:11 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi. Endi u finalga chiqish uchun eronlik Valentin Eshagiga qarshi tatamiga chiqadi.


15:29. Ummatov Fayzulla Isgender Ashirovga (-62kg), Ilhomjon Mashrabov Basim Orazovga (-75kg) ga yarim finalda yutqazib qo'ydi. Ular ham bronza medali bilan kifoyalandilar...


15:10. Nihoyat! -63kg vazn toifasidagi Dilafruz Mamajonova qirg'izistonlik Ulkan Alibay kizini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.


14:50. Ananaviy kurash. SHahobiddin Sangilov (-68 kg) yarim finalda turkman sportchisi Arslan Xojamberdievga 0:2, Obidali Mavlonov (-90 kg) esa boshqa bir mezbon sportchi Murgapgeldi Atdaevga 0:1 hisobida yutqazdi. Yana ikkita bronza...


14:44. Ananaviy kurash. Uchinchi yarim final, uchinchi mag'lubiyat. -57kg vazn toifasidagi Husan Nosirov turkmanistonlik Satlik Muradovga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi va "bronza" egasiga aylandi.


14:38. +94 kg vazn toifasidagi jui-jitcuchimiz o'tish jangida Ravshanxon Husanov turkmanistonlik raqibiga qarshi jangda 0:0 hisobidagi natijani qayd etdi. Endi u bronza medali uchun boshqa bir mezbon sportchi Nasibjan Izbasarovga qarshi kurashadi.


14:30. Jui-jitcu. Ravshanxon Husanov livanlik raqibiga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun kurashadi. O'tish jangida u turkmanistonlik sportchiga qarshi kurashadi.


14:22. -82 kg vazn toifasidagi Ismatova Gulmira ham 1:1 (1:4) hisobida mezbonlar vakili Nasiba Surkievaga imkoniyatni boy berdi va bronza medalini qo'lga kiritdi.


14:15. -52 kg vazn toifasida ananaviy kurash janglarida ishtirok etayotgan Manzuraoy Mo'ydinova yarim finalda qozog'istonlik Botago'z Dyussembaevaga 0:1 (0:3) hisoblarida yutqazib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.


14:00. Ananaviy kurashda yarim final janglari boshlandi. Birozdan so'ng bizning sportchilar ham final yo'llanmasi uchun kurashni boshlaydilar.


13:28. Ananaviy kurashchilarimizning 8 nafari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi! Manzuraoy Mo'ydinova, Husan Nosirov, SHahobiddin Sangilov, Obidali Mavlonov, Elbek Sotvoldiev, Gulmira Ismatova, Havasxon Jo'raqo'zieva, Fayzulla Ummatovlar finalga chiqish uchun jang qiladilar.


13:25. Sanjar raqibini 6:2, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinyai bosqichga yo'l oldi.


13:00. Ayni paytda tennischimiz Sanjar Fayziev taylandlik raqibga qarshi kortga chiqqan. Hozircha birinchi setni o'z foydasiga hal qildi - 1:0.


12:44. Kurashchilarimizdan Mo'ydinova Manzuraoy va Do'raqo'zieva Havasxonlar o'z vazn toifalarida yarim finalgacha etib bordilar. Finalga chiqish uchun urinib ko'ramiz!


12:30. Ananaviy kurash janglarida ko'plab sportchilarimiz ishtirok etmoqdalar. Birozdan so'ng ularning natijalarini ham malum qilamiz.


12:24. Jui-jitcu. Ravshanxon Husanov iroqlik raqibini 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. Birozdan so'ng u yarim finalga chiqish uchun livanlik Jad Fadelga qarshi jang qiladi.


12:20. Jui-jitcu. Riza Safarovda ham 0:99 hisobidagi mag'lubiyat. NO KOMMENT!


12:18. Yana bir jui-jitcuchimiz Sirojiddin Eshonboev tojikistonlik raqibiga yutqazib qo'yib, turnirni tark etdi. 


12:15.
Jui-jitcuchimiz Suhrob Usmonov ilk jangida iordaniyalik raqibiga yirik 0:99 hisobida mag'lubiyatga uchradi va musobaqa bilan xayrlashdi.


12:02
. Birozdan so'ng u chorak finalda taylandlik raqiga qarshi jang qiladi.

12:00. Hozircha -54kg vazn toifasida jang qiladigan taekvondochimiz Valentin Xegay ilk jangida butanlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.


Bugun Ashxoboddagi Osiyo o'yinlarida quyidagi sport turlari bo'yicha bahslar o'tkaziladi:

Futzal
Engil atletika
Tennis
Jui-jitcu
Muaytay
Taekvondo
Velosport
Ananaviy kurash
Og'ir atletika.

Ushbu sport turlarining barchasida o'zbekistonlik sportchilar ishtirok etadilar.

Reyting: +3   

Fikrlar

+3   
18 sen 15:52:46
Kuymazor
Bizning shior: "Oltin olma, duo ol". (Albatta hazil)
+1   
18 sen 14:01:14
NURMUHAMMAD SOBIROV!
Tezroq ishlanglar bizda sevit yo'q!
   
18 sen 19:46:55
Kuymazor
UZB - BAA 3:1 LIVE
   
18 sen 19:41:44
КОНЪСУЛ
43 минутдан буён янгиламай қуйдиларку хабарларни. Кечки овқатдасларми админжонлар. Ишдан кетмай ишхонада утирибман натижаларимизни кутиб. Тезроқ ишланглар.
   
18 sen 19:40:11
Kuymazor
Hozir futzalda 1 taym 40 daqiqa o‘tib bormoqda hisob UZB-BAA 2:0
   
18 sen 19:29:00
NURMUHAMMAD SOBIROV!
Futzal boshlamadimi?
   
18 sen 17:24:24
Ангрен
Таеквандочиларимиздан бошка хеч ким иштирок этмадими Хегайдан бошка??
   
18 sen 15:38:32
Shahzod Xojayli
2ta oltin 3ta kumush 18ta bronza xozircha
   
18 sen 15:37:32
Is Moi LoVe
8ta yarim finaldan bittasi finalga chiqdi. Mamajonova Dilafruz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing