15 okt 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Askarovning Royvalga qarshi jangi bekor bo'ldi, bunga Askar aybdor!
UFC Vegas 62 turniridan o'rin olgan Askar Askarov va Brendon Royval o'rtasidagi jang bekor qilindi.
Bu haqda Royvalning o'zi ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar bergan.
"Men 127 funt vaznda uyg'ondim, lekin yakuniy vazn topshirish marosimini boshlashdan oldin, raqibim vazn qila olmaganligini bildim. Ular oraliq vazn toifasidagi jangdan chiqib ketishdi, shuning uchun jang bekor bo'ldi. Afsusdaman, lekin men professional bo'lib qolaman", - deb yozgan Royval.
Royval va Askarov o'rtasidagi jang ertaga Las-Vegas shahridagi UFC Vegas 62 turniri doirasida bo'lib o'tishi kerak edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar