26 jan 14:10
Yangiliklar
Asosiy jamoamiz Toshkentda mashg'ulotlarga kirishdi FOTOREPORTAJ
Mashg'ulotlarni bosh murabbiy Ilias Iliadis olib bormoqda.
Xabaringiz bor, terma jamoamiz 11-13 yanvar kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilgan "Masters" turnirida ishtirok etib, Toshkentga qaytgandi. SHundan so'ng murabbiylar shtabi dzyudochilarga qisqa muddatli tanaffus berdi. Kechadan etiboran dzyudo markazida mashg'ulotlar yana boshlandi. Unda uzoq muddat jarohati sabab terma jamoadan uzoqda bo'lgan Alisher Yusupovni ko'rish mumkin. Og'ir vaznli dzyudochimiz muolajalarni to'liq olib, jarohatdan forig' bo'ldi va umumiy mashg'ulotlarga qo'shildi.
Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini terma jamoamiz uchun Tel-Aviv hamda Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirlariga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Fikrlar