14 mar 07:59
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Asosiy raqibini taslim etgan “Xumo” yakka peshqadam bo'lib oldi FOTOGALEREYA
Xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionatining 11-turi “Xumo” hamda “Semurg'” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi.
Turnir jadvalida peshqadamlar safida borayotgan bu ikki jamoa o'yini juda chiroyli o'tdi. Go'yo kelishilgandek jamoalar shaybaga shayba bilan javob berishdi.
Uchinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida “Xumo” jamoasi tomonidan kiritilgan shaybaga raqiblar javob bera olishmadi: “Xumo” - “Semurg'” 4:3.
SHu tariqa, “Xumo” chempionatdagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. Ochkolar sonini 15 taga etkazgan “Xumo” xokkeychilari “Semurg'”dan uch ochkoga ilgarilab ketishdi.
Bugun 11-turning ikkinchi uchrashuvida “Toshkent” hamda “Binokor” jamoalari muz ustiga tushishadi. O'yin kech soat 20:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar