18 noy 11:51
Yangiliklar
Aspinall Pavlovichdan keyingi "o'ljasi" kimligini aytdi
"O'tirib, kutishni unchalik yoqtirmayman. Titulni ushlab o'tirib, barchaga tepadan qarab o'tirish ham yoqmaydi. Jon Jonsga qarshi jang qilishni istayman. Kim Jonsning 3 yil jang qilmagan 41 yoshli Miochichga qarshi chiqishini jiddiy qabul qiladi? Men yaqindagina UFC'ning eng qo'rqinchli yigitini bir daqiqada mag'lub qildim.
Tushunaman, Jons va Miochich - buyuk jangchilar, biroq barchasi faollikka bog'liq. Ayni damda UFC'da men kabi jangovar jangchi yo'q. Men chempionman, Jons ham chempion. Stipe esa shunchaki 3 yil oktagonga chiqmagan bir odam holos. Jons ham keyin 43 yoshga kirganda qaytadimi? Kimga kerak bu jang o'zi? Qachon Jons men kabi barchani birinchi raunddayoq nokautga uchratayotganlar bilan jang qiladi?", - dedi Aspinall.
Fikrlar