17 iyu 09:14
Yangiliklar
Dzyudo
Astana "Katta Dubulg'a": Uch nafar dzyudochimiz bronza medalini qo'lga kiritdi
Qozog'istonda dzyudo bo'yicha Astana “Katta dubulg'a” musobaqasi boshlandi.
Kecha musobaqa doirasida birinchi kun bahslari tashkil etildi. Engil vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar vakili o'z vazn toifalarida bronza medalini qo'lga kiritdi. Ushbu natija orqali ular jahon reytingi uchun 500, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari reytingi uchun esa 250 ochkoni o'z hisoblariga yozib qo'yishdi.
Kecha kun davomida bronza medaliga sazovor bo'lgan uch nafar hamyurtimiz:
-60 kg: Doston Ro'ziev
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Sita Qadamboeva
Havola :
Fikrlar