24 avg 12:58
Yangiliklar

Asu Almabaevga 25 ta g'alabasi bor jangchi "vyzov" tashladi
Afsuski, bu jang hamyurtimizning doping bilan bog'liq ishi sabab amalga oshmay qoldi. UFC kamari uchun sobiq davogar Aleks Peres (25-9) Asu bilan jang qilish istagini bildirdi.
"Kelinglar, bu jangni noyabr oyida amalga oshiramiz!", — deya o'zining Instagram-storis sahifasida murojaat qoldirgan amerikalik Aleks Peres.
Asu Almabaev "vyzov" tashlagan bu aralash yakkakurash ustasi 25 ta g'alabaga ega. To'g'ri, mag'lubiyatlari ham 9 ta ekan, lekin juda tajribali jangchi ekani haqiqat.
Takidlash joiz, Almabaev UFC oktagoniga aynan noyabr oyida — Qatarda o'tkaziladigan turnirda qaytishni rejalashtirayotgan edi. Asu o'zining so'nggi jangida Ramazon Temirovni almashtirgan perulik Xose Ochoani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Aleks Peres esa deyarli ikki yildan beri jang o'tkazmaydi. Oxirgi jangida tizzasidan olgan jarohati sabab Tacuro Tayraga texnik nokaut evaziga yutqazgandi.
Fikrlar