So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

16 jan 16:00
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Australian Open. Turnir tarixi, statistika va boshqalar

Tennis bo'yicha Avstraliya ochiq chempionati - to'rtta "Katta Dubulg'a" turniridan biri hisoblanadi.

Melburn shahridagi "Melburn Park" sport majmuasida o'tkaziladi. Musobaqaning asosiy o'yinlari ikki hafta davomida - yanvar oyida o'tkaziladi. To'qqiz yo'nalishda g'oliblar aniqlanadi: beshtasi kattalar, to'rttasi o'smirlar o'rtasida.

Musobaqa tarixi

Turnir ilk marotaba 1905 yilda "AvstralOsiyo chempionati" nomi bilan o'tkazilgan. O'sha musobaqada 17 nafar sportchi qatnashgan. O'yinlarni tomosha qilish uchun 5 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurgan. 1927 yilga kelib esa turnir "Avstraliya chempionati"ga o'zgartirilgan. 1969 yildan boshlab musobaqa barcha professional tennischilar uchun ochiq deb elon qilingan.

1905 yildan boshlab turnir 6 ta shaharda o'tkazilgan:

Melburn (54 marotaba)

Sidney (17 marotaba)

Adelaida (14 marotaba)

Brisben (7 marotaba)

Pert (3 marotaba)

Yangi Zelendiya (2 marotaba)

1972 yilda turnirni xar yili bitta shaharda o'tkazish haqida qaror qabul qilingan. O'yinlarni o'tkazish uchun Melburnga yaqin hisoblangan Kuyong shaharchasidagi chimli qoplamali kortlar tanlangan. Vaqt o'tib, Kuyong yuqori saviyadagi turnirlarni o'tkazish uchun qorong'i va torlik qilib qoladi. 1988 yilda esa yangi "Melburn Park" tennis majmuasi qurilishi yakunlanadi va o'yinlar o'sha erda o'tkaziladi. Bahslarni ko'chirish o'zini oqlaydi: o'yinlarni tomosha qilish uchun tashrif buyuruvchi muxlislar oqimi ko'payadi. 1988 yilgi bahslarga tashrif 90 foizga ko'tarildi va 266 436 nafarni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, Kuyongda bir yil oldingi musobaqada 140 000 muxlis yig'ilgandi.

Kuyongda stadion bilan bog'liq muammolar (kort notekisligi, yorug'lik, shart-sharoit) musobaqaning ommabopligiga o'z tasirini ko'rsatmay qolmagan. Etakchi tennischilar musobaqa bo'ladigan vaqtda boshqa turnirlarda yirik miqdordagi pullar yutardilar. Kris Evert faoliyatining cho'qqisida chempionatni ketma-ket olti marotaba o'tkazib yuborgan. Martina Navratilova esa to'rt marotaba musobaqaga bormaslikka qaror qilgan. Born Borg esa 1974 yildan keyin Avstraliya ochiq chempionatida umuman qatnashmagan.


Kortlar

"Melburn Park" tennis majmuasining oddiy, 3 ta markaziy va 3 ta ko'rgazmali kortlari bor.

Turnirning asosiy korti - "Rod Leyver Arena" avstraliyalik afsonaviy tennischi Rod Leyverning nomiga qo'yilgan. Arena 1988 yilda qurilgan va o'z bag'riga 15 000 tomoshabinni sig'dira oladi. Yiliga 1,5 milliondan ortiq tomoshabin tennis uchrashuvlarini tomosha qilish uchun bu erga tashrif buyuradilar. Kort yopiladigan tomga ega. Arenada yomg'ir yoki jazirama vaqtida ham o'yinlar o'tkazsa bo'ladi.

Ikkinchi kort esa "Hisense Arena" deb ataladi. 2000 yilda qurilgan. Bu erda turli tadbirlarni ham tashkil qilsa bo'ladi. Arenada tennis turnirlaridan tashqari velosport, basketbol kabi o'yinlar ham bo'lib o'tadi. Tennis va basketbol o'yinlari vaqtida bu erga 10 500 tomoshabin sig'adi. Bu erda ham usti yopiladigan tom mavjud.

Uchinchi markaziy kort esa "Margeret Kort arena" hisoblanadi. Kort nomi Avstraliya tarixidagi muvaffaqiyatli tennischilardan biri Margaret Kortning sharafiga qo'yilgan.


Barcha kortlar xard qoplamali hisoblanadi.

Erkaklar o'rtasidagi musobaqa g'oliblariga Norman Bruks nomidagi mukofot beriladi.

Qizlar o'rtasida tengsiz topilgan sportchiga esa boshqa bir avstraliyalik tennischi Dafna Akxyorst sharafiga nomlangan sovrin topshiriladi.

Turnir rekordlari va statistika

Eng yosh g'oliblar:

Erkaklar: Ken Rozuoll - 18 yosh, 2 oy (1953)

Ayollar: Martina Xingis - 16 yosh, 3 oy (1997)


Yoshi katta g'oliblar:

Erkaklar: Ken Rozuoll - 37 yosh, 2 oy (1972)

Ayollar: Telma Long - 35 yosh, 8 oy (1954)


Ketma-ket g'alaba qozonish bo'yicha seriyalar:

Erkaklar: Roy Emerson - 5 marotaba (1963-1967)

Ayollar: Margaret Kort - 7 marotaba (1960-1966)


Finallarda eng ko'p o'ynagan tennischilar:

Erkaklar: Novak Jokovich - 6 marotaba

Ayollar: Serena Uilyams - 8 marotaba



Eng uzoq davom etgan o'yin:

Erkaklar: (353 daqiqa) - Novak Jokovich - Rafael Nadal. 5-7 6-4 6-2 6-7(5) 7-5 (2012, final)

Ayollar: (284 daqiqa) - Francheska Skyavone - Svetlana Kuznecova. 6-4 1-6 16-14 (2011, to'rtinchi bosqich)


Eng ko'p chempion bo'lganlar:

Erkaklar: Roy Emerson, Novak Jokovich - 6 martadan

Ayollar: Margaret Kort - 11 marotaba



Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
17 jan 06:32:47
Husniddin Mirzaliyev
Zo'r
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing