07 avg 11:18
Yangiliklar
Tokio-2020
Avstraliyalik kvartet jahon rekordini yangiladi, natija esa oltin!
Suzish bo'yicha Avstraliya terma jamoasi qizlari ayollar o'rtasidagi erkin usuldagi estafeta (4X100 metr) bahslarida jahon rekordini yangilashdi.
Emma Makeon, Brittani Elmsli, Bronte Kempbell va Keyt Kempbelldan iborat kvartet belgilangan masofani 3 daqiqayu 30,65 soniyada zabt etishdi. Bu esa jahon rekordi edi. Kumush medallar AQSH (3.31,89), bronza esa Kanada terma jamoasiga (3.32,89) nasib etdi.
Etiborga molik jihati shundaki, bundan avvalgi rekord ham avstraliyalik qizlarga tegishli edi. 2014 yilning 24 iyul kuni 3 daqiqayu 30,98 soniya natija bilan jahon rekordi o'rnatilgandi.
Havola :
Fikrlar