16 okt 16:16
Yangiliklar
Engil atletika
Ayollar marafonida Jahon rekordi yangilandi
Keniyalik yuguruvchi Rut CHepngetich marafon bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi.
CHepngetich CHikago marafonida g'olib chiqdi.
Sportchi 42 km 195 m masofani 2 soat 9 daqiqa 57 soniyada bosib o'tdi. U marafonni 2 soatu 10 daqiqadan kamroq vaqt ichida bosib o'tgan birinchi ayol sportchi bo'ldi.
Keniyalik atlet rekord vaqtini deyarli ikki daqiqaga yaxshiladi.
Avvalgi rekord efiopiyalik Tigist Assefaga tegishli edi. U 2023 yilgi Berlin marafonida 2:11.53 natija qayd etgandi.
Havola :
Manba : insidethegames.biz
Fikrlar