21 iyu 18:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Ayubxon Baxtiyorov WBC Gran-Prisidagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC tashkiloti Gran-Prisi o'tkazilmoqda.
Musobaqada yarimengil vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschimiz Ayubxon Baxtiyorov (6-0) chorak final yo'llanmasi uchun kolumbiyalik Jon Bolanoga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 6 raund davom etdi va unda hamyurtimiz ochkolar evaziga (bir ovozdan 59-55 hisoblarida) g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi.
Ayubxon bugungi g'alabasi orqali kolumbiyalik bokschiga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar