04 may 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/38062_220.jpg)
Azizbek Abdug'ofurov ertangi jangda raqibini nechanchi raundda nokaut qilmoqchi?
Ertaga bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov WBC Silver kamari uchun rossiyalik Dmitriy CHudinovga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimi va matbuot anjumani tashkil qilindi.
Anjuman davomida Azizbek "Ertangi jangda raqibingizni nechanchi raundda nokaut qilmoqchisiz?" degan savolga quyidagicha javob qaytardi:
"Bu boks, bu ring. Jang oldidan men qaysidir raundda raqibimni nokaut qilaman deb aniq ayta olmayman. Ertaga o'tkaziladigan jangda men o'zimning eng yaxshi tomonlarimni ko'rsatib, g'alaba qozonmoqchiman", - dedi bokschimiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar