25 avg 17:01
Yangiliklar
Azizjon Kamilov Osiyo chempionatiga jo'nab ketish arafasida turgan murabbiy va dzyudochilarimiz bilan uchrashdi
Bir necha kundir-ki, har ikki terma jamoamiz bo'lajak qita birinchiligiga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'smirlarimizning mashg'uloti Toshkentda tashkil etilayotgan bo'lsa, yoshlarimiz Buxoro shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazib qaytishdi. Har ikkala terma jamoamiz ham to'liq tarkibda Osiyo chempionatida qatnashadi.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov safar oldidan turgan dzyudochilarimiz va ular bilan uchrashdi. Suhbat chog'ida Azizjon Yakubjanovich murabbiylarning tayyorgarlik haqidagi fikrlarini tingladi va o'z tavsiyalarini berdi.
Malumot uchun, Osiyo chempionatida qitamizning 17 davlatidan 400 nafarga yaqin dzyudochi medallar yo'lida tatamiga chiqadi.
Fikrlar