So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

08 avg 01:38
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Eshkak eshish, Parij-2024

Bahodir finalda, yunon-rum kurashchilarimizda 5-o'rin (12 kun yakunlari)

Teglar :  Parij-2024
7 avgust kuni Parij Olimpiadasining 12-kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida quyidagi sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishdi:  

Baydarkada eshkak eshish. Ekaterina SHubina (500 m, saralash) - saralash va chorak finalda qatnashib, o'z ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunladi. 

Baydarkada eshkak eshish. SHahriyor Mahkamov (1000 m, saralash) - saralash va chorak finalda qatnashib, o'z ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunladi. 

Yunon-rum kurashi. Aram Vardanyan (77 kg, o'tish bahsi va bronza) - o'tish bahsida g'alaba qozondi, bronza uchun bahsda armanistonlik raqibga yutqazdi. 

Yunon-rum kurashi. Rustam Assakalov (97 kg, o'tish bahsi va bronza) - o'tish bahsida g'alaba qozondi, bronza uchun kubalik raqib bilan bahsda darohat sabab bellashuvni oxirigacha etkaza olmadi. 

Boks. Bahodir Jalolov - Nelvi Raman Tiafak (Germaniya) (+92 kg, yarim final) - 5:0 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. 



Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ladi.


SAHIFANI YANGILASH


1:20. Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.  


23:30. Rustam Assakalov bronza uchun bahsda jarohat olib, bahsni oxirigacha davom ettira olmadi. Exxx... Yana 5-o'rin.


22:43. Afsuski Aram Vardanyan bronza uchun bahsda armanistonlik raqibiga 5:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani 5-o'rinda yakunladi.


22:30. Yunon-rum kurashchilarimizning bronza uchun bahslari boshlanmoqda.


17:35. SHahriyor Mahkamov chorak finalda 1000 metr masofani bosib o'tdi. Afsuski u 3:35.43 natija bilan marraga 3-bo'lib etib keldi. U yarim finalga chiqish uchun 1 yoki 2-o'rinni olishi lozim edi.


16:34. Eshkak eshish. Ekaterina SHubina uchun chorak final ham muvaffaqiyatsiz bo'ldi. U 8 nafar sportchi ichida 1:54.63 natija bilan 6-o'rinni band etdi.


Bugungi kun uchun yangilangan taqvim:

16:30 - Ekaterina SHubina (baydarkada eshkak eshish, chorak final)

17:20 - SHahriyor Mahkamov (baydarkada eshkak eshish, chorak final)

21:45 dan so'ng: Aram Vardanyan - Malxas Amoyan (Armaniston) (yunon-rum kurashi, bronza uchun)

22:00 dan so'ng: Rustam Assakalov - Gabriel Alexandro Rosillo Kindelan (Kuba) (yunon-rum kurashi, bronza uchun)

01:00: Bahodir Jalolov - Nelvi Tiafak (Germaniya) (boks, yarim final)


15:45. Yunon-rum kurashchilarimizning kechki dasturdagi chiqishi esa 21:15 dan so'ng boshlanadi. 


15:00. Soat 16:30 da Ekaterina SHubina, 17:10 dan so'ng esa SHahriyor Mahkamov chorak finalda startga chiqadi. 


14:27. Eshkak eshish. SHahriyor Mahkamov o'z guruhida 3:40.25 natija bilan marraga 3-bo'lib keldi va chorak finalda qatnashadigan bo'ldi.


14:11. Rustam Assakalov o'tish bahsida Koreya Respublikasi vakilini 8:2 hisobida mag'lub etdi. Endi u kechki dasturda bronza uchun kurashadi. Raqib - kubalik Gabriel Alexandro Kindelan.


14:09. Aram Vardanyan o'tish bahsida jazoirlik raqibini 11:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi hamyurtimiz kechki dasturda bronza uchun bahs olib boradi. Raqib - armanistonlik Malxa Amoyan.


13:13. Ekaterina SHubina o'z guruhida 1:58.37 natija bilan marraga oxirgi bo'lib keldi. U to'g'ridan-to'g'ri yarim finalga chiqa olmadi. Biroq, chorak final orqali medal uchun kurashsa bo'ladi. 


12:30. Baydarkada eshkak eshish bahslari boshlandi. 5-chiqishda hamyurtimiz Ekaterina SHubina ishtirok etadi. 



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing