11 iyu 08:30
Yangiliklar
![](/upload/storage/222649_220.jpg)
Bahodir Jalolov bugungi g'alabasini kimga bag'ishladi?
Oqshomnig markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov belgiyalik Jek Mulovayiga qarshi ringga ko'tarildi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jangning so'nggi raundida Jalolov raqibini chuqur nokautga uchratib, faoliyatidagi 11-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Barcha janglarini muddatidan avval g'alaba bilan yakunlagan Bahodir ajoyib seriya qayd etmoqda. Jang yakunlanganidan so'ng hamyurtimiz bugungi g'alabasini Volidai muhtaramasiga bag'ishlaganini aytdi.
"Meni qo'llab-quvvatlab turgan barcha insonlarga, hamyurtlarimizga katta rahmat aytmoqchiman. G'alabamni kuni kecha o'z tavallud ayyomini nishonlagan Onajonimga bag'ishlayman. Onajon, bugungi g'alabam sizniki", - dedi Jalolov.
Fikrlar