10 iyu 09:24
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/222531_220.jpg)
Bahodir Jalolov ertangi jang oldidan o'z fikrini bildirdi
Xabar berganimizdek, Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov ertangi jangi oldidan taroziga chiqdi.
CHarm qo'lqop ustamiz tarozida belgiyalik raqibi Jek Mulovayidan 4 kg og'irroq tosh bosdi. Jalolov matbuot anjumanida Mulovayiga qarshi jang haqida o'z fikrini bayon etdi.
"Hammaga assalomu alaykum. Tadbirga kelganingiz uchun rahmat. Bunday shouda jang qilayotganimdan xursandman. Bu men uchun katta sharaf. Ushbu imkoniyatni menga taqdim etgan menejerlarimga katta rahmat aytmoqchiman. Ertaga sizlarga yoqadigan jang namoyish etishga astoydil harakat qilaman. Mashg'ulotlar ko'ngildagidek o'tdi. Murabbiylarimiz bilan birga raqibni yaxshigina o'rgandik. Mulovayi jiddiy raqib, o'ylaymanki, ertaga chiroyli g'alabam bilan sizlarni xushnud etaman", - dedi Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar