14 noy 22:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi
Lift Promotions kompaniyasining Toshkentdagi boks oqshomida co main event bellashuvi nihoyasiga etdi.
Unda o'zbekistonlik super og'ir vaznli charm qo'lqop ustasi Bahodir Jalolov nigeriyalik Solomon Adebayo bilan to'qnash keldi.
8 raunddan iborat jang to'rtinchi raundda nihoyasiga etdi. Bahodir raqibini nokautga uchratdi.
Endi Jalolov hisobida 17 ta jangda qo'lga kiritilgan 17 ta g'alaba mavjud. Adebayo esa bugun prof karerasidagi 15-jangida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar