07 okt 00:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov ishtirokidagi jang to'liq davom etdi
Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida prof boks bo'yicha IBA.Pro 10 turniri tashkil etildi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik superog'ir vaznli professional bokschi Bahodir Jalolov Rossiya vakili Vitaliy Kuduxovga qarshi bahs olib bordi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Hakamlar qaroriga ko'ra, Bahodir Jalolov ushbu jangda ochkolar evaziga (77-73, 77-74, 78-72) g'alaba qozondi.
SHu tariqa, bokschimiz navbatdagi g'alabani o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar