11 iyu 08:14
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/222647_220.jpg)
Bahodir Jalolov - Jek Mulovayi jangi muddatidan avval yakunlandi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nyu-York shtati Verona shahridagi kazinoda professional boks kechasi tashkil etilmoqda.
Hozirgina oqshomnig markaziy jangi o'z yakuniga etdi. Superog'ir vazn toifasida o'tgan sakkiz raundlik jangda Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov belgiyalik Jek Mulovayiga qarshi ringga ko'tarildi.
Raqibidan 4 kilogrammga og'irroq bo'lgan 27 yoshli charm qo'lqop ustamiz Jekni muddatidan avval nokautga uchratib, faoliyatidagi 11-g'alabasini tantana qildi. Referi Benji Esteves boshqargan jang so'nggi sakkizinchi raund nihoyasiga etayotgan br paytda to'xtatildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar