So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

06 may 15:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov: "Nasib qilsa, og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari bir kun kelib meniki bo'ladi"

Teglar :  Bahodir JalolovBoks
Xabar berib o'tganimizdek, Bahodir Jalolov bugun professional ringdagi ilk jangini o'tkazdi va g'alaba qozondi.

Biz ushbu g'alabadan so'ng bokschimiz bilan bog'lanib, uning fikrlari bilan qiziqdik.

«Jang juda yaxshi o'tdi. Raqibim meksikalik tajribali charm qo'lqop ustasi edi. Bellashuv uchun taktika ishlab chiqdik va g'alaba qozona oldik. Ushbu yutuqni yurtdoshlarimga bag'ishlayman. CHunki, xalqimni duosi bilan mana shu muvaffaqiyatga erishdim.

Bizga sharoit yaratib berayotgan Milliy olimpiya qo'mitasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Etibor uchun rahmat aytaman. Keyingi jangimni iyun oyida tashkil qilamiz. Raqib hozircha nomalum.

Oldimga qo'ygan maqsadim katta. Nasib qilsa 2020 yilda Tokioda o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etaman. U erda oltin medalni qo'lga kiritishim kerak. CHunki, vatanimdan oltin medal qarzim bor. Nasib qilsa Olimpiya o'yinlari chempioni bo'laman.

Va albatta professional boksda ham chempionlik kamarini qo'lga kiritib, O'zbekistonni yanada dunyoga tanitaman. Og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari nasib qilsa bir kun kelib menda bo'ladi», – dedi Bahodir Jalolov Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing