23 sen 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov navbatdagi jangi haqida: "Men eng kuchlilar bilan jang qilishga loyiqman"
Havaskor boksda ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Bahodir Jalolov navbatdagi jangi elon qilinganiga munosabat bildirdi.
Kecha Jalolovning 6 oktyabr kuni Sankt-Peterburg (Rossiya Federaciyasi) shahrida tashkil etiladigan IBA.Pro 10 turniri doirasida rossiyalik Vitaliy Kuduxov bilan jang qilishi haqida xabar berilgandi.
"Ringga qaytayotganimdan juda xursandman. Xudo xohlasa, muxlislarga ajoyib jang sovg'a qilaman va o'zimning eng yaxshi fazilatlarimni ko'rsataman. Maqsadim, albatta, superog'ir vaznda Jahon chempioni bo'lish. Men bu tajribam bilan eng yaxshi bokschilar bilan jang qilishga loyiq ekanligimga ishonaman. Sankt-Peterburgda ham mening jangimni intiqlik bilan kutayotgan o'zbeklar ko'p. Sizlarga ajoyib shou ko'rsatish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman!", dedi Jalolov.
Havola :
Manba : IBA.Pro
Fikrlar