11 iyu 15:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov qachon O'zbekistonga qaytishi malum
Bugun superog'ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov Nyu-Yorkda belgiyalik Jek Mulovayiga qarshi jang qildi.
8 raundga mo'ljallangan jangda bokschimiz so'nggi raundda raqibini nokautga uchratdi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, Bahodir Jalolov murabbiyi To'lqin Qilichev hamroxligida 13 iyun kuni soat 01:05 da (yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi) O'zbekistonga qaytib keladi.
Bokschimiz aynan o'sha vaqtda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo'nadi. Bahodir Jalolovni kutib olish istagidagi hamyurtlarimiz o'sha vaqtda aeroportga borishlari mumkin bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar