06 okt 06:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov: "Rejamiz chempionlik jangini olish"
Superog'ir vazn toifasidagi professional bokschimiz Bahodir Jalolov bugungi jangi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Sankt-Peterburgdagi jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. 6 oktyabr kuni do'stim Kuzmin ham shu erda jang qiladi. Men avvaldan bu erda jang qilishni istardim. Endi bu amalga oshadigan bo'ldi. Rejamiz chempionlik jangini olish. Katta janglarni kutyapmiz.
Sankt-Peterburgdagi jang men uchun tajriba bo'lib beradi. Bu shahar men uchun xuddi uyimdek bo'lib qolgan. Bu erda birinchi marta bo'lmayapman. Havaskor boksda "Gubernator kubogi"ni yutganman. Bu erda jang qilayotganimdan juda xursandman", dedi Jalolov.
Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov bugun IBA.Pro 10 turniri doirasida rossiyalik Vitaliy Kuduxovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : IBA.Pro
Fikrlar