24 sen 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov rossiyalik raqibiga qarshi jangi uchun rus bokschisi bilan tayyorlanmoqda (FOTO)
Prof boksning superog'ir vazn toifasida harakat qiluvchi o'zbekistonlik Bahodir Jalolov oktyabr oyi boshida navbatdagi jangini o'tkazadi.
U 6 oktyabr kuni Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida rossiyalik Vitaliy Kuduxovga qarshi ringga ko'tariladi.
Jalolov ayni kunlarda ushbu jang uchun Sankt-Peterburg shahrining o'zida mashg'ulot olib bormoqda. Sparring jarayonlarida Bahodirga tajribali rus charm qo'lqop ustasi Sergey Kuzmin hamrohlik qilyapti. Kuzminning o'zi ham 6 oktyabr kungi oqshomda jang qiladi.
Malumot uchun, Bahodir Jalolov prof faoliyati davomida hozirga qadar 15 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Vitaliy Kuduxov hisobida esa 7 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar