03 may 08:50
Yangiliklar

Bahodir Jalolov shu hafta professional ringda debyut qiladi
Hamyurtimizga o'sha kuni meksikalik bokschi Ugo Truxilo raqiblik qiladi. Malumot uchun, Ugo bungacha professional faoliyati davomida 5ta jang o'tkazib, ularning to'rttasida g'alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Bitta jangda esa durang qayd etgan.
SHuningdek, o'sha kuni boshqa bir bokschimiz Xurshidbek Normatov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Normatovga bu jangda kolumbiyalik Ronald Montes raqib bo'ladi. Taqqoslash uchun Normatov shu kungacha 5ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (2tasi nokaut). Ronald esa prof ringda 26ta jang qilgan va 18 marotaba g'alaba qozongan (16ta nokaut). 8ta jangda u mag'lubiyatga uchragan (7tasi nokaut).
Malumot uchun, jang AQSHda, «Foxwoods Resort Casino» arenasida o'tkaziladi.
Fikrlar