22 sen 21:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum bo'ldi
Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolov bir necha kundan so'ng jang o'tkazadi.
Malum bo'lishicha, hamyurtimiz 6 oktyabr kuni Sankt-Peterburgda o'tkaziladigan IBA.PRO boks oqshomida ringga ko'tariladi.
O'sha kuni bokschimizga rossiyalik Vitaliy Kudukov raqib bo'ladi.
Malumot uchun, 36 yoshli Kudukov shu kungacha prof boksda 10 ta jang o'tkazib, ularning 7 tasida g'alaba qozongan. 3 ta jangda esa mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar