16 iyu 15:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/227001_220.jpg)
Bahodir Jalolovning Olimpiada finalidagi raqibi 58 soniya ichida g'alaba qozondi
Kaliforniyada professional boks oqshomi tashkil etildi.
Kechaning anderkard jangida Tokio Olimpiadasi finalchisi, amerikalik superog'ir vaznli bokschi Richard Torres vatandoshi Robert Zavalga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 58 soniyada yakunlandi. Torres jang boshidanoq tashabbusga ega bo'ldi. Birinchi xavfli hujumdan keyinoq referi jangni to'xtatish lozimligini tushundi va shu tariqa Torres prof ringdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasi finalida aynan Torresni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar