19 noy 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi raqibi Top Rank bilan shartnoma imzoladi
Tokio Olimpaidasi finalchisi amerikalik Richard Torres faoliyatini professional boksda davom ettiradi.
Boks bo'yicha +91 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasining finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolovga mag'lub bo'lgan amerikalik Richard Torres faoliyatini prof boksda davom ettiradi.
ESPN xabariga ko'ra, Torres Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan va uning professional debyuti 2022 yilning boshiga mo'ljallangan. Jangchi og'ir vaznda janglarda ishtirok etadi. U bilan birga 2020 yilgi Olimpiada o'yinlarining yana bir kumush medali sovrindori, engil vazn toifasidagi Keyshon Devis Bob Arum promoushenining mijoziga aylandi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar