21 sen 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA

"Balkan" xalqaro turniri. Dastlabki kun 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida "Balkan" xalqaro turniri boshlandi.
Kecha to'rt nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Qizlarimizning uch nafari g'alaba qozongan bo'lsa, bir nafari afsuski, imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Nigina O'ktamova Xitoy Taypeyi, Sitora Turdibekova Franciya, Xadichabonu Abdullaeva Finlyandiya vakilalarini mag'lubiyatga uchratishdi. Mohinabonu Abdullaeva esa shveycariyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bugun musobaqa doirasida 7 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar