So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

07 mar 19:00
Yangiliklar

Taekvondo

Barcha noolimpiya taekvondo federaciyalari yagona associaciyaga birlashtirildi

Bugun, 7 mart kuni Milliy olimpiya qo'mitasida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsatayotgan taekvondo federaciyalarining faoliyatini optimallashtirish, ularni rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqishga qaratilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Nazirjon Xudoyqulov, MOQ qoshida tashkil etilgan Jang sanati va yakkakurashlar departamenti direktori Sardor Toshxo'jaev, shuningdek, O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan turli hil taekvondo associaciyalari rahbarlari ishtirok etishdi.

“Malumki, sportning ushbu turida faqatgina taekvondo WT olimpiya oilasiga kiritilgan bo'lib, biz bugun tashkil etayotgan yangi associaciya asosan Olimpiya va Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoalarimiz uchun munosib nomzodlar etkazib berish bilan shug'ullanadi. Oddiygina misol, taekvondo WT bo'yicha jahon chempioni, Osiyoning ikki karra chempioni Dmitriy SHokin aslida ITF yo'nalishidan etishib chiqqan. Huddi shunday misolni terma jamoamiz bosh murabbiyi Akmal Ergashevga nisbatan ham qo'llasa bo'ladi. Yoki bo'lmasa dunyo boksining yorqin yulduzi, Olimpiya o'yinlari chempioni Hasanboy Do'smatovni olaylik, Hasanboy dastlab kikboksing  bilan shug'ullangan. Ammo yuqorida sanab o'tilgan sportchilarning barchasini etuk selekcioner murabbiylar o'z vaqtida olimpiya sport turlariga jalb eta olishgan. Natijalarni esa barchamiz ko'rib turibmiz. Yangi tashkil etilayotgan associaciya birinchi navbatda tarkibda sog'lom raqobatni keltirib chiqarishi, olimpiya sport turlariga munosib nomzodlarini etkazib berishi kerak bo'ladi. Eng muhimi qilayotgan ishimizni hamjihatlik bilan, birgalikda amalga oshirishimiz lozim”, - dedi bu borada Jasur Matchanov.

Yig'ilish davomida associaciyalar rahbarlari yangi tashkil etilayotgan va o'z ichiga to'rtta mustaqil taekvondo federaciyalarini olgan taekvondo associaciyasiga ochiq ovoz berish yo'li bilan rais saylashdi. Unda ishtirok etgan mutasaddilarning aksariyati G'ayrat Tashkenbekovich Kasimov  nomzodida to'xtaldilar. Yakunda aynan ushbu mutaxassis O'zbekiston taekvondo ITF associaciyasiga rais etib saylandi.  

“Menga bildirilgan ishonch uchun hammaga katta rahmat. Oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshirishga harakat qilaman”, - dedi G'ayrat Kasimov.

Takidlash lozimki, bu noolimpiya sport turlari bo'yicha federaciyalarni birlashtirish bo'yicha MOQ qoshidagi Jang sanati va yakkakurashlar departamenti tomonidan tashlangan dastlabki qadam bo'ldi. Yaqin orada karate, milliy kurashlarimiz va yakkakurashlar bo'yicha faoliyat yuritayotgan federaciyalar ham birlashtiriladi. Maqsad esa bu borada mukammal tizim yaratish, federaciyalar faoliyatini jiddiy nazorat ostiga olish, o'zboshimchalikka yo'l qo'ymaslik va hamjihatlikda ishlashni taminlashdan iboratdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing