So’nggi yangiliklar

12:34Cамарқандда Uzbekistan Judo Tour мусобақаси бошланди 0 12:13"Барселона" футболчиси тарихда илк марта Топ-5 лиганинг тўрттасида чемпион бўлди 0 11:52Имавов эҳтимолий реваншда Стриклендни нокаут қилишини айтди 0 11:31Тошкент мезбонлик қилган U18 ёш тоифасидаги Осиё соҳил волейболи чемпионатида совринсиз қолдик 0 11:10Дюбуанинг гонорари Уордлиникидан 2,5 баробар кўп бўлди 0 10:49Ямаль Криштиану Роналдудан ўтиб кетди 0 10:28Тимофеева фаолиятидаги илк чемпионлик турниридан қанча мукофот пули ва рейтинг очкоси ишлаб олди? 0 10:07Ўзбек боксчиси Дана Уайтга тегишли Zuffa Boxing`да дебют қилди 0 09:46Муҳаммад Мокаев Жейк Полнинг биринчи турнирида жанг қилмайди 0 09:25"Барселона" "Реал"ни мағлуб этиб, муддатидан аввал Ла Лига чемпиони бўлди + ВИДЕО 0 09:04Хамзат Чимаев Шон Стрикленд билан реваншга ишора қилди 0 08:43Дана Уайт Оқ уйдаги турнир иштирокчилари учун оширилган бонусларни эълон қилди 0 08:22Кичик Жарқўрғондаги катта дзюдо байрами ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:01Бунақаси бўлмаган! Ўзбекистон стартдаги ғалабадаёқ Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0

14 apr 13:20
Yangiliklar

Gimnastika, Qilichbozlik, Og'ir atletika

Barchasi bir sahifada. Aprel oyida Toshkent mezbonligidagi turnirlar haqida

Teglar :  Humo Arena
“Humo Arena”da o'tkazilgan professional boks oqshomi ortidan mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahri yana bir necha nufuzli turnirlarga mezbonlik qiladi.

Quyida ushbu musobaqalar bilan tanishtiramiz. 

Badiiy gimnastika. Jahon kubogi

16-18 aprel kunlari Toshkent shahri badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi.

Ushbu musobaqa Tokio Olimpiadasiga yakkalik yo'nalishida licenziyalar o'ynaladigan 4 ta bosqichning ikkinchisi hisoblanadi. Ushbu bahslar orqali sportchilar qimmatli reyting ochkolarini ishlab olishlari mumkin bo'ladi. Tokio yo'llanmalarini shaxsiy ko'pkurash bo'yicha faqat 2019yilgi jahon chempionatiga chiqa olmagan va uch turda maksimal ball to'plagan eng yaxshi uch nafar gimnastikachi qo'lga kiritadi. Jahon kubogining Toshkentda o'tadigan bosqichida 32 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. 

Musobaqa Gimnastika bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o'smirlar sport maktabida bo'lib o'tadi. (Yunusobod tumani, “O'zbekiston” sport majmuasi oldidagi zal). 


Og'ir atletika. Osiyo chempionati

17-26 aprel kunlari “O'zbekiston” sport majmuasida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Qitamizning eng sara atletlari ishtirok etadigan ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli.

Osiyo chempionatida mamlakatimiz sharafini 18 nafar sportchimiz himoya qiladi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo'raev, Adhamjon Ergashev kabi nomdor vakillarimizni ham ko'rishimiz mumkin.


Qilichbozlik. Licenzion turnir

24-26 aprel kunlari poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha Osiyo-Okeaniya qitasi uchun Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi licenzion turnir bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada qilichbozlarimiz  licenziya qo'lga kiritish uchun kurash olib boradi.

Ushbu musobaqa ham Gimnastika bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o'smirlar sport maktabida o'tkaziladi. (Yunusobod tumani, “O'zbekiston” sport majmuasi oldidagi zal). 

Xabaringiz bor, yaqinda shpagachimiz Malika Hakimova Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga to'g'ridan- to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.


Toshkentda ilk marotaba “CHempionlar muz ustida” shousi

Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi turnirlardan chekingan holda muz ustida bajariladigan nafis sport turi - figurali uchishga etiboringizni qaratamiz. 

25 aprel kuni “Humo Arena” muz saroyida mamlakatimiz tarixida ilk marotaba figurali uchish bo'yicha dunyoning eng yaxshi murabbiyi Ederi Tutberedze boshchiligidagi figurali uchuvchilar jamoasining “CHempionlar muz ustida” nomli shousi tashkil etiladi. 

Ushbu shou doirasida Olimpiya o'yinlari, jahon va Evropa chempioni Alina Zagitova, Olimpiya o'yinlarining ikki karra kumush medali sohibasi, ikki karra jahon chempioni Evgeniya Medvedeva, shuningdek yana bir jahon chempioni Anna SHerbakova tashrif buyuradi. Bundan tashqari shou doirasida Kamila Valieva, Elizabet Tursinbaeva, Alena Kostornaya, Moris Kvetelashvili va Sofya Akateva kabi figurali uchuvchilar chiqish qilishadi.

Mazkur shou dasturi soat 19:30 da boshlanadi.


Olamsport.com sayti ushbu turnirlarda ishtirok etadigan barcha sportchilarimizga muvaffaqiyat tilaydi.


Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing