16 noy 15:41
Yangiliklar
"Barselona" sobiq futbolchisi "Boka Xuniors" prezidenti lavozimiga davogarlik qilmoqda
Ispaniyaning "Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Xuan Roman Rikelme Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasi prezidenti lavozimiga davogar, deb xabar bermoqda "El Grafico".
Prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza topshirishning oxirgi muddati 2 dekabr, shanba kuni. Rikelmening vice-prezidentligiga nomzod klubning amaldagi prezidenti Xorxe Amor Ameal bo'ladi.
Saylovlarda Rikelme va Amor Amealning asosiy raqobatchilari siyosatchi va iqtisodchi, Argentina bosh vaziri sobiq o'rinbosari Anlres Ibarra va mamlakat sobiq prezidenti Maurisio Makridir.
Xuan Roman Rikelme 2015 yilda faoliyatini yakunlagan. 2019 yilning dekabridan beri "Boka Xuniors"ning ikkinchi vice-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Fikrlar